Belarus Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2022-yil 14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va amaliy sa’y-harakatlari sababli so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Belarus munosabatlari alohida jadallik kasb etgani ta’kidlandi. Ikki tomonlama va xalqaro institutlar doirasida faol muloqot olib borilmoqda.

V.Makey Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik doirasida O‘zbekiston tomoni tomonidan amalga oshirilgan ishlar va o‘z miqyosida yilning asosiy siyosiy voqealaridan biriga aylanadigan ShHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rishni yuqori baholadi.

Savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, taʼlim va madaniyat sohalarida hamkorlikni faollashtirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash doirasidagi va boshqa bo‘lajak tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий