Belarus Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2023-yil 16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Belarusning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Leonid Marynichni qabul qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi oʻzaro hamkorlikning ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.