Baxtiyor Saidov Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
2023-yilning 5-iyul kuni Boku shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Vazirlar har qachongidan ham keng bo‘lgan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik kun tartibining barcha yo‘nalishlarini yanada faollashtirish yuzasidan fikr almashdilar. O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash yo'lida izchil faoliyat yuritishi alohida ta'kidlandi.