Baxtiyor Saidov Malayziya tashqi ishlar vaziri Zambri Abdul Qodir bilan uchrashdi
4-iyul kuni Toshkent shahrida tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Malayziya tashqi ishlar vaziri Zambri Abdul Qodir bilan uchrashdi. O‘tkazilgan samarali muloqotda mamlakatlarimiz o‘rtasida kashf etilmagan keng imkoniyatlarni ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv kun tartibi keng ko‘lamli bo‘lib, undan har tomonlama hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiy diplomatiyani ustuvor yoʻnalish sifatida jadallashtirish, turizmni rivojlantirish, munosabatlarimizning shartnomaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda mintaqaviy va global miqyosdagi masalalar ham o‘rin oldi.
TIV rahbarlari O‘zbekiston va Malayziya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini ham imzolashdi.