Bangladeshning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 2024-yil 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Bangladesh Xalq Respublikasining mamlaktimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Monirul Islom bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi O‘zbekiston-Bangladesh munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistonda gumanitar inqirozning oldini olish borasidagi sa’y-harakatlari muhokama qilindi.

M.Islom O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yagona mintaqaviy pozitsiyasini rivojlantirish, shuningdek, mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Afg‘on masalasi bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий