Bangladesh Elchisi bilan uchrashuv

 

2022-yil 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Bangladesh Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Jahongir Alamni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Bangladesh hamkorligining bugungi holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Bangladeshning BMT va boshqa ko‘p tomonlama institutlar doirasidagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Bangladesh tomoni bilan to‘qimachilik sohasida hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Bangladesh yirik kompaniyalarining O‘zbekistonda, jumladan, ixtisoslashtirilgan erkin iqtisodiy zonalar hududida to‘qimachilik klasterlarini tashkil etishda ishtirok etishi, tayyor mahsulot ishlab chiqarishi bo‘yicha qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Ikki mamlakat tadbirkorlik subyektlari, Savdo-sanoat palatalari, to‘qimachilik uyushmalari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.

Tomonlar O‘zbekiston-Bangladesh ishbilarmonlar kengashining birinchi majlisini yaqin vaqt ichida o‘tkazish masalasini o‘rganish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий