Bahromjon A’loyev “Boursa National” kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

 

2023-yil 25-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev “Boursa National” kompaniyasi hammuassisi va rahbari Saloh al-Usmon bilan uchrashdi.

Uchrashuvda iqtisodiy diplomatiyani, jumladan, Quvayt investorlari va texnologiyalarini O‘zbekistonga jalb etish orqali faol ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Mamlakatimizda sanoat, qurilish, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va “Boursa National” o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий