BAAning Muvaqqat ishlar vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili Muhammad al-Zahiriy bilan uchrashdi.

Tomonlar o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning yuksak darajasini, avval erishilgan kelishuvlarning ro‘yobga chiqarilishi borasidagi ishlarni ta’kidladilar.

Muloqotda migratsiya masalalarini muhokama qilish doirasida O‘zbekistondan BAAga ishlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Xorijda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish darajasini oshirishga xizmat qiladigan mehnat migratsiyasiga uyushgan yondashuv muhimligi alohida qayd etildi.

Hamkorlikni yanada faollashtirish va o‘zaro manfaatli natijalarga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий