BAA Elchisi bilan uchrashuv
2022-yilning 14-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Birlashgan Arab Amirliklarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama aloqalarning bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti hamda boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi.
Turli darajalarda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.