AQShning Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo strategik tadqiqotlar markazi professori bilan uchrashuv to‘g‘risida
2025-yil 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Markaziy va Janubiy Osiyoda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro seminar doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan AQShning Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo strategik tadqiqotlar markazi professori Hasan Abbos bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, mintaqaviy barqarorlik va tahliliy sohadagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Yuzaga kelayotgan muammolarni samarali tahlil qilish va ularga qo‘shma yechimlar ishlab chiqish maqsadida tajriba almashish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida mintaqadagi vaziyatning rivojlanish dinamikasini chuqurroq anglash uchun muloqotni davom ettirish va qoʻshma tadbirlar tashkil etishga kelishildi.