AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakilining bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida

 2022-yil 26-28-may kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Vest boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

AQSh delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati vakillari, jumladan, tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Uchrashuvlarda Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, shuningdek, ushbu mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий