AQSh Tinchlik instituti vakillari bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2023-yil 21-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev AQSh Tinchlik instituti loyiha katta koordinatori Barmak Pajvak va yetakchi hamkor Metyu Parks bilan uchrashdi.

B.Pajvak O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy pozitsiyasini mustahkam rivojlantirish, mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Shuningdek, O‘zbekiston rahbariyatining BMT shafeligida xalqaro muzokaralar guruhini tuzish tashabbusini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий