AQSh Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi bilan uchrashuv

 

9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vashington shahrida AQSh Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Uoltz bilan uchrashdi.

Muloqotda mintaqaviy va xalqaro masalalarning keng doirasi muhokama qilindi va O‘zbekiston-AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga bo‘lgan o‘zaro sodiqlik tasdiqlandi.

Uchrashuv davomida xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish, mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni oshirish va Markaziy Osiyoda barqaror taraqqiyotga erishish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomoni AQSh Prezidentining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturiga doimiy ko‘magiga, shuningdek, mintaqada tinchlik, barqarorlik va farovonlikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma sa’y-harakatlarga minnatdorlik bildirdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий