AQSh Elchisi bilan uchrashuv

 

2022-yil 31-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov mamlakatimizda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Amerika Qo'shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniel Rozenblyumni qabul qildi.

V.Norov Elchini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko’ra "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlangani yuzasidan tabrikladi. Bu uning O'zbekiston-Amerika strategik sheriklik munosabatlarini qo'shgan hissasi yuqori baholanganidan dalolat beradi.

D.Rozenblyum O'zbekistondagi faoliyati davomida respublikaning barcha sohalarda jadal taraqqiyotiga xizmat qilgan keng ko'lamli islohotlarga guvoh bo'lganini ta'kidladi. AQSh hukumatining O'zbekistonda amalga oshirilayotgan jadal o'zgarishlar siyosatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash qayd etildi.

O'zbekiston-AQSH Strategik sheriklik muloqoti doirasida qator tadbirlarning muvaffaqiyatli o'tkazilgani mamnuniyat bilan e’tirof etildi. O'zbekiston va Qo'shma Shtatlari ilgari erishilgan kelishuvlarning to’liq ijrosi yuzasidan birgalikda ishlashga tayyorligi tasdiqlandi. 

Ikki tomonlama darajada va "C5+1" shaklidagi bo’lajak uchrashuvlar jadvali bo'yicha fikr almashildi.

Elchi O'zbekiston tomoniga mamlakatda diplomatik faoliyatini amalga oshirishda har tomonlama qo'llab-quvvatlagani va qulay sharoitlar yaratgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Qanday lavozimni egallashidan qat’iy nazar O'zbekistonning do'sti bo'lib qolishini ta’kidladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий