AQSh Davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2022-yil 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov mamlakatimizga tashrif buyurgan AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar turli sohalardagi O‘zbekiston-AQSh munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar. 

Amerika tomoni O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni, shuningdek, mamlakatimizning amaliy va ochiq tashqi siyosat yo‘lini yuksak baholadi. AQSh hukumati O‘zbekistonda islohotlar jarayoniga faol ko‘maklashishga tayyorligi ta’kidlandi.

So‘nggi yillarda siyosiy muloqotni faol tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yillik maslahatlashuvlar mexanizmini Strategik sheriklik muloqotiga aylantirish to‘g‘risidagi qaror va uning birinchi majlisi 2021-yili Toshkent shahrida muvaffaqiyatli o‘tkazilishi ikki tomonlama aloqalar tarixida muhim voqea bo‘ldi va tomonlarning o‘zaro hamkorlikni kompleks rivojlantirishga tayyorligini ko‘rsatdi. 

Vashington shahrida Strategik sheriklik muloqotining navbatdagi sessiyasini  va uning ekspertlar darajasidagi sohaviy uchrashuvlarini o‘tkazishga puxta tayyorlarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Qo‘shma Shtatlarning infratuzilma, energetika, transport, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash sohalarida aniq natijalarga erishish maqsadida “C5+1” shaklidagi hamkorlikni davom ettirishdan manfaaotdorligi qayd etildi.

Mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. O‘zbekistonning Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish, ushbu mamlakatda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish va uning iqtisodiy tiklanishiga yordam beradigan loyihalarni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlari yuksak baholandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий