AQSh Davlat kotibi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

 

2023-yil 1-mart kuni O'zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuv o'tkazdi. 

Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini rivojlantirish, O'zbekiston Hukumatining inson huquqlari va so'z erkinligini ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlash, akademik almashinuvlarni kengaytirish va ingliz tilini o'qitishni rivojlantirishga qaratilgan qator muhim loyihalarni amalga oshirish orqali O'zbekiston − AQSh strategik sherikligini yanada mustahkamlash bo'yicha takliflar atroflicha muhokama qilindi. 

E.Blinken AQSh Hukumati O'zbekiston Prezidenti rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan inson manfaatlarini ta'minlash, uning sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish yo’lidagi islohotlar dasturini muntazam va to'la qo'llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий