AQSh Davlat departamentining Xalqaro diniy erkinlik ofisi koordinatori bilan uchrashuv
2022-yil 12-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Furqat Siddiqov AQSh Davlat departamenti Xalqaro diniy erkinlik idorasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo'yicha koordinatori Robin Shulmanni qabul qildi.
O'zbekiston-Amerika hamkorligining tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Rejalashtirilgan qo'shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Bag'rikenglik, insonparvarlik, millatlararo va dinlararo anglashuv tamoyillarini ilgari surishda konstruktiv muloqotni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Turli yo'nalishlarda yaqin muloqotni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishildi.