AQSh Davlat departamenti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-yilning 29-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo byurosining Afgʻoniston boʻyicha yordamchisi oʻrinbosari Meri Bishoping bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida Afg‘oniston muammolari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik qayd etildi.
Shuningdek, tomonlar xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdilar.