AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyaning YXHTdagi doimiy vakillari bilan uchrashuv

 2022-yilning 9-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov mamlakatimizga tashrif bilan kelgan AQSh (M.Karpenter), Buyuk Britaniya (N.Bush), Germaniya (G.Broytigam) va Fransiyaning (K.Fajes) YXHTdagi doimiy vakillari bilan uchrashdi 

Uchrashuvda O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi hamkorlik holati va istiqbollari, Tashkilotning respublikadagi loyihaviy faoliyatini yanada faollashtirish yo‘llari muhokama qilindi.

Tomonlar YXHT institutlari bilan Tashkilot faoliyatining barcha uch yo‘nalishi bo‘yicha ko‘p tomonlama hamkorlik jadal rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Uchrashuvda ilgʻor texnologiyalar va innovatsiyalarni jalb etish, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish va Orolning qurish oqibatlarini yumshatish kabi yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha YXHT doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Xorijiy delegatsiyaga 2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot chog‘ida mintaqaviy va global kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий