Anqarada Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

 

2024-yil 4-oktabr kuni Anqara shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasidagi ko‘p tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning 2-davrasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari B.Usmanov boshchilik qildi.

Maslahatlashuvlar kun tartibidagi asosiy masala joriy yilning noyabr oyida Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘ldi.

Maslahatlashuvlarda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilindi. TDT doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston yangi kelishuvlar, strategik dasturlar va aniq loyihalar orqali turkiy dunyoni yanada mustahkamlash va jipslashtirish tarafdori ekanini ta’kidladi.

Siyosiy maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha delegatsiyalar rahbarlari Turkiya tashqi ishlar vaziri H.Fidan tomonidan qabul qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий