Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi ijrochi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Haydarov Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi ijrochi direktori Elena Son bilan uchrashdi.
Muloqotda O‘zbekiston-AQSH munosabatlarining bugungi sur’ati yuqori baholanib, palataning ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shayotgan amaliy hissasi qayd etildi.
Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning 2024-yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga tashrifi chog‘ida Palata va yirik Amerika kompaniyalari vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligini ta’kidladilar.