“Air Products” rahbariyati bilan uchrashuv

 

2024-yil 19-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Air Products” kompaniyasi raisi, prezidenti va bosh direktori Seyfi Gasemi bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Muloqotda O‘zbekiston Hukumati energiya tejamkor iqtisodiyotni rivojlantirish hamda eng yaxshi jahon tajribasi va texnologiyalarini jalb etishga bel bog‘lagani ta’kidlandi. Qayd etilganidek, O‘zbekiston "Air Products" kompaniyasining jahon miqyosida top-5 investitsion yo‘nalishlari qatoriga kirib, dunyodagi eng ilg‘or energiya ishlab chiqarish zavodlaridan biriga ega. Uchrashuvda qo‘shma loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий