Afgʻoniston boʻyicha Moskva formatidagi maslahatlashuvlar yigʻilishi toʻgʻrisida

 2023-yil 29-sentabr kuni Oʻzbekiston Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya Qozon shahrida boʻlib oʻtgan Afgʻoniston boʻyicha Moskva formatidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi yigʻilishida ishtirok etdi. 

Tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Pokiston, Xitoy, Eron, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning maxsus vakillari ishtirok etdi. Afg‘oniston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri v.b Amir Xon Muttaqiy boshchilik qildi. Uchrashuvda BAA, Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiya vakillari ham mehmon sifatida ishtirok etdi.

Tadbir davomida afgʻon inqirozini hal etish, mamlakatga tez fursatda insonparvarlik va boshqa yordam koʻrsatish borasidagi xalqaro saʼy-harakatlar muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий