Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi rahbari bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2023-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi Delegatsiyasi rahbari Sharlott Adrian bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbolli yo‘nalishlari, avval erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilish jarayoni ko‘rib chiqildi.

Turli darajalarda, jumladan, “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” va “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” shakllarida o‘tkaziladigan bo‘lajak tadbirlarning tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.

Tomonlar turizm, taʼlim va ekologiya sohalarida, xususan, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekani tasdiqlandi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий