Xorazmning xorijiy hamkorlar bilan iqtisodiy yo‘nalishdagi aloqalarini faollashtirish hamda turizm almashinuvlarini jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi

 

Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov, viloyatning barcha tuman va shahar hokimlari, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda viloyatning xorijiy hamkorlar bilan iqtisodiy yo‘nalishdagi aloqalarini  faollashtirish hamda turizm almashinuvlarini jadallashtirish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi.

Mamlakatimizning xorijidagi elchilari tomonidan energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm, farmatsevtika, ekologiya, ichimlik suvi bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash va boshqa bir qator sohalarda birgalikda loyihalar amalga oshirish yuzasidan aniq takliflar bildirildi.

Shuningdek, viloyatga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish hamda ijtimoiy mohiyatga ega bo‘lgan loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha tizimli va natijaga yo‘naltirilgan hamkorlik qilish zarurligi qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий