Xitoy Elchisi bilan uchrashuv

 2018-yilning 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sziyan Yan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomon munosabatlarining dolzarb jihatlari hamda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli xalqaro konferensiyada Xitoy delegatsiyasining ishtirokiga doir amaliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий