Xitoy Elchisi bilan uchrashuv toʻgʻrisida

 2022-yilning 18-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yan bilan uchrashdi.

Muloqot chogʻida Oʻzbekiston-Xitoy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Boʻlajak qoʻshma uchrashuvlar, xususan, Oʻzbekistonning SHHTga raisligi doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzaro manfaatli boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий