Turkiya Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Muloqot chogʻida avval erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi koʻrib chiqildi hamda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Turli daraja va shakllardagi boʻlajak qoʻshma muloqotlarning tashkiliy masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий