Turkiya Elchisi bilan uchrashuv

 2018-yilning 20-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Turkiya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmet Bashar Shen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida ikki tomon munosabatlarining amaliy jihatlari, xususan turli darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston-Turkiya uchrashuvlari jadvali bo‘yicha takliflar hamda BMT, Islom hamkorlik tashkiloti, boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий