Toshkentda Ozarbayjon xalqi umummilliy yetakchisi Haydar Aliyevga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

2023-yil 15-may kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida Ozarbayjon xalqi umummilliy yetakchisi tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligini rivojlantirishda Haydar Aliyevning o‘rni” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bobur Usmanov o‘zining kirish nutqida mamlakatimizda o‘zbek xalqining samimiy do‘sti bo‘lgan, ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy aloqalar va hamkorlikni mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan Haydar Aliyev xotirasi alohida hurmat bilan yodga olinishini ta’kidladi. 

Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Ozarbayjon keng qamrovli hamkorligi muvaffaqiyatli rivojlanib, strategik sheriklik ruhiga to‘la mos keladigan yangi amaliy mazmun bilan to‘ldirilmoqda.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий