TIVda Tojikiston Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Tojikiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdujabbor Rahmonzodani qabul qildi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

Ikki va koʻp tomonlama shakllarda rejalashtirilgan muloqotlarga tayyorgarlik koʻrish masalalari koʻrib chiqildi.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, turli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Ikki mamlakat hukumatlari, vazirliklari va hududlari o‘rtasida bo‘lajak tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий