TIVda Gruziyaning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yil 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov Gruziyaning mamlakatimizdagi Muvaqqat ishlar vakili Georgiy Chxeidze bilan uchrashdi.

Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar va avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilishini ko‘rib chiqdilar. Ikki mamlakat parlamentlari, hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasidagi almashuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, mintaqalararo hamkorlik, turizm, shuningdek, “xalq diplomatiya”si darajasidagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Turli darajadagi, jumladan, O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash doirasida bo‘lajak tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий