TIV rahbari o‘rinbosari Qirg‘iz Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

2024-yil 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov Qirg‘iz Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Musa Jamanbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, ularni amaliy mazmun bilan boyitishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat hukumatlari, idoralari, hududlari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida yaqin aloqalar va almashinuvlarni davom ettirish, ikki va ko‘p tomonlama shakldagi bo‘lajak tadbirlarga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий