Tehronda O‘zbekiston-Eron diplomatik munosabatlarining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

 

2022-yil 23-may kuni Tehron shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Eron, Turkiya, Qozog‘iston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari, IHT Bosh kotibi, Eron Tashqi ishlar vazirligi xodimlari, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston elchilari, biznes, ekspert va tahliliy doiralar hamda Eronda akkreditatsiya diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov tadbir ishtirokchilarini qutlab, sana munosabati bilan ezgu tilaklarini  izhor etdi.

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xosrav Noziriy O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi munosabatlarga mustahkam do‘stlik, yanada farovonlik va barqarorlik tiladi.

Bayram davomida O‘zbekistonning iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyatini ochib beruvchi videofilmlar namoyish etildi. Mamlakatimizning boy madaniy-tarixiy merosiga oid turistik bukletlar tarqatildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий