Tashqi ishlar vazirligida Yevropa parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2023-yil 4-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Yevropa parlament deputatlari, Yevroparlamentning Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mo‘g‘uliston bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi va Yevropa parlamenti o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Yevroparlament deputatlari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий