Tashqi ishlar vazirligida Xitoy elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyunni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi dolzarb masalalari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani yana bir bor tasdiqlandi.

O‘zbekiston va Xitoy xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash amaliyotini davom ettirishga tayyor ekani qayd etildi.

Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий