Tashqi ishlar vazirligida Qirg‘iz Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yil 8-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetov Qirg‘iz Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Musa Jamanbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan samarali hamkorlikning ijobiy sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi, sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport sohalarida loyihalarni amalga oshirishga oid masalalar muhokama qilindi.

Ko‘p tomonlama tuzilmalarda o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha mintaqaviy muloqotni davom ettirish va mustahkamlash yuzasidan ham fikr almashildi.

Bo‘lajak turli darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish borasida keng qamrovli va puxta ishlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий