Tashqi ishlar vazirligida Pokiston Elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

 

2023-yil 5-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Furqat Sidikov Pokiston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Said Ali Asad Gʻiloniy bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqotda Oʻzbekiston-Pokiston savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligini yanada mustahkamlash istiqbollari, shuningdek, ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining boshqa dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Oliy va yuqori darajadagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston bilan Pokiston oʻrtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuvda hamkorlikning 2022-yildagi yakuniy koʻrsatkichlari yuzasidan fikr almashildi.

Boʻlajak tadbirlar jadvali kelishib olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий