Tashqi ishlar vazirligida Misr Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 2023-yil 10-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Misr Arab Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Amira Faxmiyni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilinib, Misrga oliy darajadagi tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak turli shakldagi qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi. Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий