Tashqi ishlar vazirligida Kuvayt va Qatar Elchilari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

 2023-yil 13-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Quvayt va Qatar Davlatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchilari Ahmad al-Jiyron va Hasan Hamza Hoshim bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralarda O‘zbekistonning ushbu davlatlar bilan siyosiy muloqotini kengaytirish masalalari muhokama qilindi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий