Tashqi ishlar vazirligida IHT delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 2023-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev mamlakatimizga umumxalq Referendumini kuzatish maqsadida tashrif buyurgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ning Osiyo mamlakatlari bo‘yicha departamenti direktori Ahmad Sarir boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

IHT delegatsiyasi bo‘lajak siyosiy tadbirning mamlakat taraqqiyoti uchun ahamiyatini ijobiy baholab, ushbu tadbirga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilganini alohida ta’kidladi.

Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda izchil aloqa va almashinuvlar tufayli O‘zbekistonning IHT bilan o‘zaro hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Uchrashuvda mamlakatimiz bilan mazkur tuzilma o‘rtasidagi ta’lim, fan va innovatsiyalar, ekologiya hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada faollashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий