Tashqi ishlar vazirligida Belarus elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

 

2023-yil 27-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bahromjon A'loev Belarus Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinichni qabul qildi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamda MDH va SHHT kabi xalqaro institutlar doirasidagi O'zbekiston – Belarus siyosiy muloqotining dolzarb jihatlari, joriy yili o’tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar jadvali hamda O'zbekiston va Belarus o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilganining 30 yilligini nishonlash masalalari muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий