Tashqi ishlar vazirligida AQShning iqtisodiy taraqqiyot sohasidagi grantlari taqdimoti boʻlib oʻtdi

 2024-yil 1-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligida AQShning Toshkentdagi Elchixonasi bilan hamkorlikda iqtisodiy taraqqiyot sohasida amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan AQSh grantlarining taqdimoti tashkillashtirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O‘zbekistondagi missiyasi direktori Devid Xoffman, USAID va boshqa AQSh idoralari loyihalarini birgalikda amalga oshirishda ishtirok etayotgan O‘zbekiston vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi.

Agrobiznesni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, Markaziy Osiyoda savdo-iqtisodiy va energetik hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishning tashkiliy va boshqa jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Uchrashuvda, shuningdek, 2024-2025-yillarda hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari ham muhokama qilinib, yuqorida qayd etilgan loyihalar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shma vazifalar belgilab olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий