Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Fransiya Elchisi bilan uchrashdi

 2022-yil 28-noyabr kuni Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Sidiqov Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy sohadagi O‘zbekiston-Fransiya hamkorligining amaliy jihatlari va ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy diplomatiyani chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

O.Bushez O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 21-22-noyabr kunlari Fransiyaga amalga oshirgan tarixiy tashrifi yakunlarini, ayniqsa, savdo kelishuvlari va investitsiyaviy loyihalarga yuksak baho berdi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha imzolangan barcha iqtisodiy hujjatlarning o‘z vaqtida bajarilishi monitoringini ta’minlash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi va Elchixonasi o‘rtasida muntazam qo‘shma muloqot o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston mahsulotlarini Fransiyaga eksport qilish hajmini oshirish, birinchi navbatda, Yevropa Ittifoqining GSP+ imtiyozlar tizimi, tovarlarni sertifikatlashtirish va standartlashtirish doirasida hamkorlikni mustahkamlash, O‘zbekistonda sanoat tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va tajriba almashish uchun fransuz mutaxassislarini jalb etish muhimligini qayd etdilar. 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий