Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari ShHT Bosh kotibi bilan telefon orqali muloqot qildi

 2024-yil 4-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetovning ShHT Bosh kotibi Chjan Min bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston va ShHT o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari, Tashkilotning savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish uchun mas’ul mexanizmlari faoliyatini jadallashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Suhbat davomida mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari, ShHT faoliyatini takomillashtirish va xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий