Slovakiya Elchisi bilan uchrashuv

 2018-yilning 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Slovakiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Yan Borini qabul qildi.

Elchi ishonch yorliqlari nusxasini taqdim etdi.

Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Slovakiya munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro savdoni kengaytirish, raqobatbardosh mahsulotlarni yetkazib berish uchun katta salohiyatga egaligi va shu sababli O‘zbekiston va Slovakiya ishbilarmon vakillari o‘rtasida biznes aloqalarni rivojlantirishga tayyor ekanligi ta’kidlangandi.

Uchrashuvda qator xalqaro va mintaqaviy muammolar ham ko‘rib chiqildi.

 

Anvar Ilyosov olgan surat

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий