Saudiya Arabistoni Elchisi bilan uchrashuv

 2022-yilning 5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Saudiya Arabistoni Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda O‘zbekiston–Saudiya Arabistoni munosabatlarini kengaytirish holati va istiqbollari, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Saudiya Arabistonining Haj va Umra ishlari bo‘yicha vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuvda, shuningdek, ayrim mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий