Saudiya Arabistoni Elchisi bilan uchrashuv

 2022-yilning 30-avgust kuni tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 17-18-avgust kunlari Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan davlat tashrifi chogʻida tuzilgan shartnomalarni amalga oshirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar rejasi muhokama qilinib, oliy darajadagi tashrif doirasida energetika, bojxona, fuqaro aviatsiyasi, turizm, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, mehnat munosabatlari va boshqa sohalarda hamkorlik qilish yuzasidan hukumatlar va vazirliklar darajasida 15 ta hujjat imzolangani qayd etildi.

Ushbu tashrif chogʻida ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish, Oʻzbekiston bilan Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi BMT, IHT, Arab davlatlari ligasi va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi oʻzaro hamkorlik masalalari ham koʻrib chiqildi.

Tomonlar turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlariga ham toʻxtalib oʻtdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий