Qozog‘iston Prezidenti Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi

 

 

Davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelgan Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida “Ko‘ksaroy” qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.

Marosim O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarida yangi davr boshlanayotgani, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikni qardosh xalqlarimizning farovonligi yo‘lida yanada mustahkamlashga qat’iy intilishning ifodasi bo‘ldi.

Qozog‘iston yetakchisining mamlakatimizga davlat tashrifi asosiy tadbirlari ertaga, 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularning yakunida tarixiy ahamiyatga ega bitimlarning imzolanishi kutilmoqda. Birgalikda yirik investitsiya loyihalarini boshlab berish va OAV vakillari uchun brifing o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий