Qirg'iz Respublikasi va Turkmaniston elchilari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi

 2023-yil 20-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bobur Usmanov Qirg'iz Respublikasi va Turkmanistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari Musa Jamanbayev va Yazguli Mammedov bilan uchrashuvlar o'tkazdi.

Iliq va konstruktiv muhitda o'tgan muzokaralar davomida tomonlarning siyosiy muloqotni, savdo, iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar va almashinuvlarni yanada rivojlantirishga tayyorligi ta’kidlandi. Ikki va ko'p tomonlama shakllarda rejalashtirilgan qo'shma tadbirlar jadvali va ularning tashkiliy jihatlari ham ko'rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий